Kompaniyaning uzoqni ko‘ra olishi
“Janubiy-Ural Tarozi Zavodi” (JUTZ) MChJ o‘z iste’molchilarining ehtiyojlarini oldindan ko‘ra bila olgan holda, hamisha vaqtdan bir qadam oldinda bo‘lishga, sanoat tarozi asbob-uskunalari sohasida novatorlik g‘oyalarini bunyodga keltirishga, o‘z mahsulotining narxi va sifati o‘rtasida maqbul muvozanatni ta’minlashga intiladi.
“JUTZ” MChJ missiyasi:
“O‘z tarmog‘ida yetakchi kompaniya darajasigacha rivojlanish va oqilona ijtimoiy siyosatni o‘tkazish uchun yetarlicha hajmda, iste’molchilarning eng muhim ehtiyojlari va kutishlarini qondira oladigan, yuqori sifatli zamonaviy tarozi asbob-uskunalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish”.
Strategik maqsadlari
O‘z missiyamizni hayotga tatbiq etish uchun biz korxonamizni quyidagi strategik yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirishni amalga oshirmoqdamiz:
- Tarozi asbob-uskunalarini ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish sohasida yetakchi pozitsiyalarni qo‘lga kiritish;
- Iste’molchilarning joriy va kelgusidagi so‘rovlari va kutishlarini qondira olish uchun mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish va sifatini yaxshilash;
- Mol chiqarib sotish bozorlarini saqlab qolish va kengaytirish;
- Ishchi xodimlarning o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun sharoitlarni yaratish;
- Shu jumladan shaharda, mintaqada va umuman Rossiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash maqsadida korxonaning barqaror rivojlanishi, biznes samaradorligining oshirilishi.
Quyidagilar qo‘yilgan vazifalarniamalga oshirilishini ta’minlovchi asosiy omillar hisoblanadi: ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni tadbiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash salohiyatini shakllantirish.
“JUTZ” MChJ tamoyillari
- Iste’molchiga mo‘ljallash
- Ishchi xodimlarning ijodiy salohiyatlarini namoyon qilish yo‘li bilan doimiy rivojlanish
- Natijaga yo‘nalganlik
- Jamoaviy rux
- Ishonch va halollik
- Chaqiriqni qabul qilishga tayyorlik
- Ijtimoiy javobgarlik
Biz yoshmiz va kelgusida yanada katta ishlarni bajarishga o‘zimizni yo‘naltirganmiz. Bizning salohiyatimiz juda ham katta. Biz “Janubiy-Ural Tarozi Zavodi” brendiga iste’molchilarning ishonchini mustahkamlagan holda, amalda qo‘yilgan vazifalarning dolzarbligi va ahamiyatini isbotlagan holda, bayon qilingan tamoyillarga hamisha va izchil ravishda rioya qilishga tayyormiz.