Toskent, O`zbekiston Respublikasi
Mirobad tumani, 38A, "Avalon" biznes markazi

Zamonaviy vaznni o‘lchash asbob-uskunalari servis xizmat ko‘rsatish va ishga yaroqlilikni doimiy nazorat qilib turishni talab etadigan anchagina murakkab qurilmadir. Ushbu choralar ekspluatatsiya qilish muddatini oshirish imkonini beradi va qo‘qqisdan safdan chiqishining oldini oladi.

Janubiy-Ural Tarozi Zavodi tarozi asbob-uskunasi (avtomobil, vagon, platformali va shu kabi hokazo tarozilar) ning ishga yaroqliligini tekshirish, ta’mir qilish va servis xizmat ko‘rsatishning barcha spektrlarini taklif etadi. Korxonamizning malakali mutaxassislari tarozilarni ekspluatatsiya qilish va texnikaviy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq Sizning barcha masalalaringizni hal qilishga tayyordirlar.

Texnikaviy va servis xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan:

  • ishdagi buzilib qolishlarning oldini olish uchun,
  • ekspluatatsiya qilishda metrologik va texnikaviy tavsifnomalarga muvofiq kelishi uchun.

Bizning korxonamizning malakali mutaxassislari tomonidan Sizning asbob-uskunangizga servis xizmat ko‘rsatish xizmat qilishning butun muddati davomida uning to‘xtovsiz faoliyat yuritishini ta’minlaydiki, bu uning qandaydir bir buzilib qolish tufayli ishlamay qolishini istisno etadi.

Bizning zavodimizning servis xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlarining kengaytirilgan shtati Buyurtmachining barcha so‘rovlariga tezkorlik bilan va sifatli javob berishning imkonini beradi Avtomobil, vagon, platformali va shu kabi hokazo tarozilarning kafolatli, kafolatdan keyingi va rejali servis xizmat ko‘rsatish tez va sifatli o‘tkaziladi.

Ishlashda GOST 12.3.019-80 (Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Elektrik o‘lchovlar va sinovlar. Xavfsizlikning umumiy talablari) va “Elektr montaj qilish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligi qoidalari”ga muvofiq ravishda xavfsizlik talablariga rioya qilinadi.

Texnikaviyxizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • Tashqi kuzatib chiqish (tashqi shikastlanishlarning yo‘qligini tekshirish, elektr ta’minot va yerga ulanishning sozligini tekshirish, birlashtirish kabellari shikastlanishlarining yo‘qligini tekshirish, korroziya izlarining yo‘qligi, bo‘ylama va ko‘ndalang otboyniklarning to‘g‘ri rostlanishini tekshirish va shu kabi hokazolar);
  • Ekspluatatsiya qilish shartlarining muvofiq kelishini tekshirish;
  • Daraja bo‘yicha tarozilarning o‘rnatilishini tekshirish;
  • Dasturiy ta’minotni o‘rnatish va yangilash;
  • Ekspluatatsiyaviy hujjatlarning metrologiyaviy tavsifnomalarga muvofiq kelishini tekshirish;
  • Davlat ko‘rib chiqishiga topshirish;
  • Kalibrovka qilish.

Tarozilarni servis xizmat ko‘rsatishga shartnomani tuzayotganda Biz Sizga quyidagi xizmat va imtiyozlarni taklif etamiz:

  • Tarozi asbob-uskunasining ishonchli to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash. Tarozilarni har oylik profilaktikaviy ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash, sozlash va rejali ta’mir qilish;
  • Tarozi asbob-uskunasining to‘xtab qolishini iloji boricha kamaytirish.
  • Ekspluatatsiya qilish joyining o‘zida tarozilarni ta’mir qilishning imkoni bo‘lmagan holatda, servis xizmat ko‘rsatish markazi uni o‘zining shaxsiy bazasida amalga oshiradi. Tarozi asbob-uskunasini ekspluatatsiya qilish joyidan ta’mir ishlarini bajarish joyigacha va orqasiga tashish servis markazining kuchi va hisobiga amalga oshiriladi;
  • Nosoz detallar almashtiriladigan holatda, bizning servis markazimiz uni o‘z hisobidan amalga oshiradi;
  • Plombani yechish bilan bog‘liq tarozilarni rostlash va ta’mir qilish zarurati bo‘lgan holatda bizning servis xizmat ko‘rsatish markazimiz uni qayta tiklash bo‘yicha barcha sarf-xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi;
  • Tarozilarni servis xizmat ko‘rsatishga shartnomani tuzayotganda Siz yangi tarozi asbob-uskunasini xarid qilishda sezilarli ravishdagi chegirmalarni qo‘lga kiritasiz.