Toskent, O`zbekiston Respublikasi
Mirobad tumani, 38A, "Avalon" biznes markazi

Tarozida tortish jarayonlarini aniqlash, qayd etish va boshqarish tizimi

mon1

Axborot hajmining zamonaviy o‘sish sur’ati tarozida tortish jarayonlarini avtomatlashtirish va tartibga solish bo‘yicha vazifalarni hal qilishga undaydi.Har qanday korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun eng birinchi shartlardan biri yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki, juda bo‘lmaganda, ehtimoliy yo‘qotishlarni iloji boricha kamaytirish hisoblanadi. Yo‘qotishlarning yuzaga kelish sabablari: texnologik jarayondagi xatoliklar, materiallarning sarf qilinishi ustidan keraklicha nazoratning yo‘qligi, xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsiz va beparvolik bilan yondoshishlariva boshqa ko‘plab sabablar bo‘lishi mumkin.

Sizning korxonangizda bizning mahsulot qo‘llanilishiyuqorida ko‘rsatilgan ayrim sabablarni istisno etishgayordam beradi. Bizning tarozilarimiz yordamidaSiz ham xomashyo, ham tayyor mahsulotning vaznini aniq belgilay olish imkoniga ega bo‘lasiz.

Xomashyo, materiallar va tayyor mahsulot tashiladigan transportning ko‘rinishiga bog‘liq ravishda tarozilarningturi tanlab olinadi. Yuklarning vazni yuklangan va bo‘shagan transport vaznining farqi sifatida belgilanadi. Ammo bunda inson omili deb atalmish sabab yuzaga chiqib keladi (xatoliklar yoki xodimlarning o‘z mansablarini suiste’mol qilishlari va hokazo). Ushbu sabablarni bartaraf etish uchun bizning korxonatarozida tortish jarayonlarini avtomatlashtiradigan va tartibga soladigan tarozi nazorati tizimlaridan foydalanishni taklif etadi.

 


Ayni paytda biz tarozilarni quyidagi tarozi nazorati tizimlari bilan butlash imkoniyatiga egamiz:

Tarozida tortishni fotofiksatsiya qilish tizimi

vidnabAvtomobil tarozilari uchun:

Asbob-uskuna tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot (DT ) bilan personal kompyuter.
  • Ko‘zdan kechirish IP-kameralari (3 dona). Kameralardagi suratlar saqlab qo‘yiladi va ma’lumotlar bazasidagi (MB) muay’yan tarozida tortishga bog‘lab qo‘yiladi.Tarozida tortishni fotofiksatsiya qilish funksiyasi MB da va fotosuratdagi ma’lumotlarni bir-biri bilan solishtirish imkonini beradi.

Tarozida tortishda transportni identifikatsiya qilish tizimi.

Transportni identifikatsiya qilish tizimining maqsadi tarozida tortish protsedurasini o‘tayotgan transport vositalarini avtomatik tarzda aniqlash hisoblanadi. Tarozida tortish barcha tizimlarini yetkazib berish to‘plamiga tarozida tortishda tovlamachilikni istisno etishga imkon beradigan ko‘zdan kechirishIP-kameralari kiradi.

 


O‘z navbatida transportni identifikatsiya qilishni ikki turga ajratsa bo‘ladi.

  • transport vositalari (TV) ning raqamlarini aniqlash (davlat raqami – avtotransport uchun, vagon raqami – temiryo‘l transporti uchun).
  • radio belgi qo‘yish (RFID-kartalar, breloklar va hokazo) ni qo‘llagan holda transport vositalarini radiochastotali identifikatsiya qilish.

gosnTransport vositalarini raqami bo‘yicha aniqlash (avtotransport misolida)

Avtomobil taroziga kirib kelganda, uning davlat raqami videokamera zonasiga tushib qoladigan holatda videokamera tarozi platformasi zonasida o‘rnatiladi. Ko‘rinish raqamni aniqlab beradigan va tarozida tortish uchun olingan ma’lumotlarni foydalanishni taklif etadigan kompyuterga uzatiladi.

Agar MB dasturidagi aniqlangan raqam bilan TV markasi, haydovchisi, vazni (tarasi) va boshqalar to‘g‘risidagi axborot solishtirib chiqilsa, dastur tarozida tortish kartochkasini avtomatik tarzda to‘ldiradi. Operatorga faqat muvozanatga kelgan vaznni qayd etish qoladi, xolos. Shundan keyin tarozida tortish to‘g‘risidagi ma’lumot MBga ko‘chiriladi va tizim keyingi tarozida tortishga tayyor bo‘ladi.

Agar raqam unchalik to‘g‘ri aniqlanmagan (kir va hokazo) holatda operator qo‘l bilan to‘g‘rilashlarni kiritishi mumkin. Ushbu holatdaham tovlamachilik istisno etilgan, negaki TV fotosi MBga kiritiladi.

 


rfidRadio belgi qo‘yishni qo‘llagan holda transport vositalariniradiochastotali identifikatsiya qilish.

Radiochastotali texnologiyalarni qo‘llagan holda transportni identifikatsiya qilishda passiv (harakat radiusi 50 sm gacha) va faol (harakat radiusi 50 m gacha) radio belgi qo‘yishlar ishlatilishi mumkin.

Dasturda har bir transportga radio belgi qo‘yish “bog‘lab qo‘yiladi”.

Tarozida tortishda RFID-belgi qo‘yishga muvofiq keladigan ma’lumotlar avtomatik tarzda TSni tarozida tortish kartochkasiga to‘ldiriladi.

Tarozilardan uzoq bo‘lmagan joyga radio belgi qo‘yishlarning (faol belgi qo‘yishlardan foydalanilganda) borligini aniqlash uchun qabul qilish-uzatish antennasi o‘rnatiladi yoxud tizim tomonidan transportni identifikatsiya qilish uchun avval berilgan kartochka/brelokni haydovchi qo‘yishi kerak bo‘lgan solishtirib o‘qib tekshirgichga o‘rnatiladi. Shundan keyin tarozida tortish jarayoni xuddi transport vositalari raqamlarini videoaniqlashdagi kabi amalga oshiriladi.

 

regul


Transport vositalari harakati ustidan boshqarish tizimi

Yuqori ta’rif berilgan identifikatsiya qilish va fotofiksatsiya qilish tizimlari tarozida tortish jarayonlarini tartibga solish uchun qo‘shimcha asbob-uskuna bilan jihozlanishi mumkin.

Tarozi nazoratining ushbu tizimida tarozida tortish bilan boshqarishning quyidagi variantlari ko‘zda tutilgan:

  • Svetoforli tartibga solish;
  • Shlagbaumli tartibga solish;
  • Kombinatsiyalashgan tizim.

Transport vositalari harakati ustidan boshqarish tizimi

Tarozi punkti buyurtmachi talablaridan kelib chiqqan holda soni va turi belgilanadigan svetoforlar bilan jihozlanishi mumkin. Svetoforning kutish rejimida svetoforning yashil chirog‘i yonib turadi. TV taroziga kirib borishi zahoti sfetoforning qizil chirog‘i yonadi va u tarozida tortish jarayoni tugamagunicha shunday yonib turadi.

 


shlagShlagbaumli tartibga solish.

Shlagbaum bilan harakatni tartibga solish tizimining ishlashi har bir holatda individual ravishda kelishib olinadi.

Masalan:
Ushbu tizim qo‘llaniladigan holatda tarozi punktiga kirish va chiqishda optodatchiklar bilan aslahalangan shlagbaumlar o‘rnatiladi. Optodatchiklar ishlab chiqishib ketganda identifikatsiya tizimini ishga tushirishga buyruq beriladi. Raqam aniqlab bo‘linib yoki qo‘l bilan uni ma’lumotlar bazasiga kiritib bo‘lingandan keyin shlagbaumni ochishga buyruq beriladi. Transport vositasi taroziga kirib keladi, tarozida tortish, ma’lumotlarni saqlash amalga oshiriladi, shundan keyin shlagbaum chiqib ketish tomonga ochiladi.

Kombinatsiyalashgan tizim.

Svetoforli va shlagbaumli tartibga solishning barcha afzalliklarini o‘zida birlashtiradi.

Opsional ravishda tarozilarda fotofiksatsiya qilishdan tashqari tarozilarda yuz beradigan voqealarning videoarxivini olib borish imkoniyati bo‘lgan videoqayd etish tizimi o‘rnatilishi mumkin.

Arxiv ma’lumotlari,masalan,xaridorlar yoki yetkazib beruvchilar bahsli vaziyatlar yuzaga kelganda, o‘rnini hech narsa bosolmaydigan bo‘lishi mumkin.

 


vzd gVagon tarozilari uchun

Korxona mutaxassislari tomonidan vagonlar raqamlarini optik aniqlash asosida tarozida tortish tizimi ishlab chiqilgan.

Tizim temiryo‘l vagonlarini ham statik rejimda tarozida tortishda, ham harakatda tarozida tortishdaidentifikatsiya qilish imkonini beradi.

Majmua tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Variofokal obyektivi bo‘lgan yuqori aniqlikka ega videokameralar majmuasi (majmuadan kelib chiqqan holda 2 dan 4 donagacha);
  • Sutkaning istalgan vaqtida identifikatsiya qilish tizimining ishlashiga imkon beradigan yorug‘lik datchiklari bo‘lgan yoritish projektorlari;
  • Aniqlash kameralari harakati zonasida vagonning mavjudligini belgilab beradigan lazerli datchiklar;
  • Videokameralar va datchiklar bilan aloqa qilish uchun kommutatsiyaviy asbob-uskuna to‘plami bo‘lgan yuqori unumdorlikka egakompyuter.

 


vzd g4Tizimning ishlash algoritmi

Statikada:

  • Vagon taroziga kirib keladi;
  • Lazerli datchiklar signali asosida tizim vagon raqamini identifikatsiya qilish jarayonini initsiallashtiradi;
  • Operator tarozi ko‘rsatmasini qayd etadi;
  • Vagonning aniqlangan raqami tarozi ko‘rsatmalariga “tirkab qo‘yiladi”;
  • Operator tarozida tortilayotgan vagon bo‘yicha ma’lumotlarni to‘ldiradi;
  • Vagon tarozilardan chiqib ketadi. Tizim keyingi tarozida tortishga tayyor;

Harakatda:

  • Sostav taroziga o‘tadi;
  • Tizim avtomatik ravishda aniqlash kameralari zonasida vagonning mavjudligini belgilaydi;
  • Tarozi ko‘rsatmalari va aniqlangan raqamning bir-biriga solishtirib chiqilishi avtomatik tarzda amalga oshiriladi;
  • Sostav taroziga o‘tgandan keyin operator yo‘l hujjatlariga muvofiq ravishda vagonlar bo‘yicha qolgan ma’lumotlarni to‘ldiradi;
  • Operator tarozida tortilayotgan vagon bo‘yicha ma’lumotlarni to‘ldiradi;
  • Tizim keyingi tarozida tortishga tayyor.

04DT tarozilarini vagonlar raqamlarini optik identifikatsiya qilish tizimi bilan jihozlash quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:

  • Vaqtning real rejimida videokameralardan olingan videoqatordan foydalangan holda vagonlar raqamlarini aniqlashni amalga oshirish;
  • Vagon raqamiga bog‘lab qo‘yilgan holda tarozida tortish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozib qo‘yish;
  • Aniqlash kameralari harakat zonasidagi vagonlarning mavjudligini belgilaydigan lazerli datchiklar;
  • Tarozida tortish momentini fotofiksatsiya qilish (opsional ravishda).

Tarozida tortish jarayonlarini tartibga solish tizimini Sizning korxonangiz ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda qurib chiqish mumkin. Eng maqbul tizimni qo‘llash inson omilini iloji boricha kamaytirishga olib kelishi va buning natijasida yo‘qotishlarning yuzaga kelishini maksimal ravishda kamaytirishga erishish mumkin.

Bu masalada Sizga ko‘mak bera olsak xursand bo‘lamiz.