Toskent, O`zbekiston Respublikasi
Mirobad tumani, 38A, "Avalon" biznes markazi

Janubiy-Ural Tarozi Zavodi har qanday chet ishlab chiqaruvchilarning avtomobil, vagon, platformali tarozilarining ta’mir qilinishini amalga oshiradi.

Tarozi asbob-uskunasining ishlashi doimiy mexanikaviy nagruzkalar bilan bog‘liq. Faol qo‘llash ertami yoki kechmi pribor detallari va uzellarinning yeyilishiga olib keladi, bu uning safdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Defektlar, brak bo‘lishi, mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishsiz uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishi, ekspluatatsiya qilish shartlarining buzilishi ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilarning tarozi asbob-uskunasi buzilishining sababi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Ta’mir qilishga:

 

Ta’mir qilishdan keyin:

Bizning korxonamiz markasi va ishlab chiqaruvchisidan qat’iy nazar tarozi asbob-uskunasini ta’mir qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga individual ravishda va sifat jihatidan yondoshuvni taqdim etadi. Kompaniya omborxonasida ehtiyot qismlari doimo mavjud bo‘ladi, bu tarozilarni qisqa muddatlarda ta’mir qilishni o‘tkazish imkonini beradi.

Janubiy-Ural Tarozi Zavodi elektron tarozilarning ham kafolatli, ham kafolatdan keyingi ta’mir qilinishini o‘tkazadi. Bizning mutaxassislarimizning malakasi buni yuqori professional darajada va tig‘iz muddatlarda bajarishning imkonini beradi. Bizning mutaxassislarimiz davlat ko‘rib chiqishida yordam ko‘rsatish va tekshirisholdi tayyorgarligini o‘tkazib berishga tayyordirlar.

Korxona texnikaviy bo‘limining jihozlanishi yuqori sifat darajasida har qanday murakkablikdagi ta’mirlash ishlarini o‘tkazish imkonini yaratadi.

Tarozi asbob-uskunasining ta’mir qilinishi bir necha bosqichlarda o‘tadi:

  • Asbob-uskunani diagnostika qilish va ko‘rib chiqishni o‘tkazish uchun mutaxassisning borishi;
  • Tarozilar nosozligining dalolatnomasini tuzish
  • Tarozilarni ta’mirlash;
  • Davlat standartida tarozilarni ko‘rib chiqish (zarurat bo‘lganda).

Ta’mir qilish quyidagi ishlarning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi:

  1. Elektron bloklar va mexanikaviy qurilmalarni tozalash;
  2. Ishdan chiqqan butlovchi qismlarni almashtirish (tenzometrik datchiklar, terminal, muvozanatlash qutisi va shunga o‘xshash hokazolar), mexanikaviy shikastlanishlarni bartaraf etish;
  3. Buyumni to‘liq qismlarga ajratish, zarur tarkibiy qismlarni ta’mir qilish va almashtirish, buyumni yig‘ish va uni majmuaviy tekshiruv, rostlash va sinovdan o‘tkazish hisobiga tarozilarning ekspluatatsiyaviy tavsifnomalarini qayta tiklash;
  4. Yukni qabul qilish platformalarini tayyorlash va almashtirish.
  5. Ko‘rib chiqishga Davlat standarti vakiliga tarozilarni taqdim etish.

Ishlar yakunlangandan keyin bajarilgan ishga kafolat va tarozilar (avtomobil, vagon, platformali va hokazo) ni yanada uzoq muddat ekspluatatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi.

Ta’mirlash ishlari ham buyurtmachininghududidagi tarozilarni ekspluatatsiya qilish joyida, ham buzilishni joyida to‘g‘rilashning imkoni bo‘lmagan holatda korxona hududining o‘zida amalga oshiriladi.

Tarozilarning ta’mir qilish narxi va uni bajarish muddatlari, odatda, birlamchi diagnostika ko‘rib chiqishi o‘tkazilganidan keyin shu zahoti mijozga ma’lum qilinadi.

Bizga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilsangiz, Siz uchun qulay bo‘lgan sana va muhandis-sozlovchining qabul qilish vaqti to‘g‘risida kelishib olishingiz mumkin bo‘ladi. Ta’mirdan chiqarilgan tarozilarning kafolati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi.