Toskent, O`zbekiston Respublikasi
Mirobad tumani, 38A, "Avalon" biznes markazi

Tarozi dozatorlari

Uzluksiz ishlaydigan tarozi dozatori

VDN uzluksiz ishlaydigan tarozi dozatorlari (bundan buyon - dozatorlar) sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdoning turli tarmoqlari texnikaviy ishlab chiqarishni beto‘xtov ishlanish tizimida voronkani shakllantiradigan qabul qilish joyidan kelib tushuvchikonveyer bilan tashiladigan vaqt birligi (mahsuldorligi)da sochiluvchan materiallarning doza massasining belgilangan qiymatlarini avtomatik qayta ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan.

Uzluksiz ishlaydigan tarozi dozatori

“Elektron” bunker tarozilari

“Elektron” diskretli ishlaydigan tarozi dozatorlari (bundan buyon - dozatorlar) shu jumladan, oziq-ovqatga yo‘nalgan sochiluvchan va suyuq mahsulotlarni dozalashtirish uchun mo‘ljallangan. Dozatorlar xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida, shu jumladan, sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi korxonalarida, davlat metrologik nazorati tadbiq etiladigan sohalarda qo‘llanilishi mumkin.

“Elektron” bunker tarozilari

Dozatorlarni rekonstruksiya qilish

Asbob-uskunaning holatiga bog‘liq ravishda betonaralashtirish bo‘linmalarining modernizatsiya qilinishi yoki rekonstruksiya qilinishi o‘tkaziladi, va uning natijasida beton ishlab chiqarilishining avtomatizatsiya qilinishi ro‘y beradi.

Dozatorlarni rekonstruksiya qilish

Tarozi dozatorlari

Dozalashtirish – bu ingridiyentlarni avtomatik tarzda o‘lchab chiqishdir.Tarozi dozatori o‘lchab chiqadi,qadoqlaydi va berilgan hajmdagi (yoki massadagi) suyuqlik, gaz yoki sochiluvchan materiallarni aralashmaga qo‘shadi.

Dozatorlarni elektron va mexanik, diskretli va uzluksiz harakatdagi, qo‘l va avtomatikka ajratishadi. Moddani hajmning birliklarida yoki massaning birliklarida o‘lchash mumkin.

Dozator tarozilar o‘zlarining aniqliklari tufayli murakkab va aniq texnologik jarayonlarda keng qo‘llanishga sabab bo‘lmoqda. Buning uchun dozator tarozilarning yangidan yangi ko‘rinishlari ishlab chiqilmoqda. Tarozi dozatorlari rotorli va tasmali tarozi dozatorlariga bo‘linadi.

Harakatning ko‘rinishiga bog‘liq ravishda dozatorlar quyidagilarga ajratiladi:

  • davriy (diskretli) harakatda;
    • uzluksiz harakatda.

Dozatorlar dozalashtirilayotgan materiallarning soniga bog‘liq ravishda turlarga ajratiladi, bir komponentli va ko‘p komponentli bo‘ladi. Ham bir komponentli, ham ko‘p komponentli dozatorlar ham uzluksiz, ham porsiyali harakatda bo‘lishlari mumkin.

Shuni qayd etish lozimki, tarozi dozatorlari materiallarning turli xil guruhlari uchun ishlab chiqiladi. Shunday materiallar mavjudki, ularni dozalashtirish juda ham qiyin kechadi. Tarozi dozatorlarining barcha turlari uchun boshqarish tizimining mavjudligi xarakterlidir, u qo‘l va avtomatikka ajratiladi.Birinchisi uchun oddiy texnologik jarayonlarda qo‘llanilishi xarakterli bo‘lib, u murakkab ko‘p komponentli va yuqori ishlab chiqaruvchi tizimlar uchun to‘g‘ri kelmaydi.

Dozatorlar va qadoqlash asbob-uskunalarining zamonaviy ishlab chiqaruvchilari noyob avtomatik boshqarish tizimlarini ishlab chiqishdi. Ushbu tizimlar sensorli displeylarni boshqarishni amalga oshirish imkonini beradi. Sensorli displeylar dozator ishchi siklining barcha parametrlarini o‘rnatish va eslab qolish, shuningdek avariyalar va o‘z-o‘zini diagnostika qilish ma’lumotlarini aks ettirish imkonini yaratadi. Avtomatik tarozi dozatorlari ayniqsa qurilish materiallarini ishlab chiqarish,metallurgiya va kimyo sanoatiga jalb qilingan. Ular shuningdek savdoda, turli xil laboratoriyalarda va transport sohasida keng qo‘llaniladi. Avtomatik tarozi dozatorlarining qo‘llanilishi materiallarni ancha tejamkor ravishda sarf qilish imkonini beradi va ishlab chiqarishni beto‘xtov ishlanish tizimiga o‘tkazish imkoniyatini yaratadi.

Siz bizdan qadoqlash uchun elektron dozatorni sotib olishingiz mumkinki, bu nafaqat foydali, balki Sizning tashkilotingiz uchun manfaatli xaridga aylanadi.

Janubiy-Ural tarozi zavodi tarozilar va tarozi dozatorlarini ishlab chiqaradi. Boshqarishning elektron bloki bo‘lgan avtomatik tarozi dozatori bir yoki bir necha mahsulotlarning berilishi (dozasi)ni ta’minlaydi. Tenzodatchiklardagi lotokli sochiluvchan materiallarning tarozi dozatoritsement, un va boshqa shu kabilar bilan ishlash uchun juda ham mos keladi. Qadoqlash uchun elektron dozatorni Siz uchun manfaatli narx bo‘yicha bizdan sotib olishinigzi mumkin. Assortimentda suyuq moddalar, pastalar va shu kabilarni dozalashtirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asbob-uskuna taqdim etilgan.

Tarozi dozatorining boshqarish elektron bloki mustaqil tizim sifatida ishlaydi. Siz zarur parametrlarni berishingiz va boshqa komponentlarning miqdoriga bog‘liq ravishda aralashmadagi ingrediyentlarning proporsiyasi (nisbati)ni o‘zgartirishingiz mumkin. Avtomatik tarozi dozatorining ishlash tamoyili: yuklanadigan material bilan sig‘im tarozi asbob-uskunasiga o‘rnatilgan, tenzodatchik belgilangan vaznga erishilganini qayd etsa, materialning sig‘imga uzatilishi to‘xtaydi va dastur avtomatik ravishda quyi klapanni ochadi.Keyin tarozida tortilgan material alohida taraga yokito‘g‘ridan-to‘g‘ri keyingi texnologik jarayonga kelib tushadi. Boshqarishning elektron bloki bo‘lgan tarozi dozatorlarda suyuqliklarni dozalashtirish uchun bosim datchiklari ishlatiladi– ular yordamida sig‘imdagi suyuqlikning belgilangan vazni aniqlanadi. Doimiy harakatdagi dozatorlarda dozalashtiriladigan materialning miqdori, shuningdek, uni uzatish tezligi hisobiga tartibga solinishi mumkin.

Biz ishlab chiqargan dozator Sizning korxonangiz aniq ishlashining kafolati.

Texnikaviy tavsifnomalari va qiymati bizning buyurtmachilarimiz va bozorning zamonaviy talablariga muvofiq keladi.Siz bizdan sochiluvchan changlanuvchan mahsulotlar yoki suyuq materiallarni qadoqlash uchun elektron tarozi dozatorini sotib olishingiz mumkin. Tegishli bo‘limda narxini aniqlab olishingiz mumkin (Tarozi dozatorlarining narxlari)..