Beton zavodi – bu beton qorishmasi tayyorlash uchun modulli asbob-uskunaning majmuasidir. Zavodga asbob-uskuna ishlashini yo‘naltirib va to‘g‘rilab turadigan bir necha operatorlar xizmat ko‘rsatishadi. Qurilish joyida betonning ishlab chiqarilishi sezilarli ravishda transport sarf-xarajatlarini kamaytiradi. Aynan shuning uchun qorishmabeton uzeli (QBU) mavjud, u sanoatning turli tarmoqlarida zarur bo‘lgan qurilish va kimyoviy qorishmalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. QBUning afzalligi betonni tashishga ketadigan vaqtning tejalishida ifodalanadi, u qurilish maydonchasiga o‘tib borish qiyin bo‘lganda uning o‘rnini hech narsa bosolmay qoladi, boz ustiga, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olgan holda ayni paytda zarur bo‘lgan beton miqdorini ishlab chiqarish imkonini beradi.