Toskent, O`zbekiston Respublikasi
Mirobad tumani, 38A, "Avalon" biznes markazi

Mini QBU (Qorishmabeton uzellari)

Chiziq

Sizning qurilish maydonchangizga yetib borish murakkabmi? Qurilish beton zavodidan juda ham uzoqda amalga oshirilmoqdami? Biz ushbu vaziyatdan chiqib ketishning eng yaxshi yo‘lini taklif qilamiz - mobil QBU. QBUning ushbu turi yetkazib berishga transport sarf-xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Mobil beton aralashtirish qurilmalarining quvvati 60 m3/s ga yetadi. Ular osonlik bilan yig‘iladi va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirishda oddiydir. Qurilmani bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uchun shatakchi avtomobillar yoki qandaydir boshqa bir yuk transportidan foydalaniladi.
G‘ildiraklardagi mobil QBU – bu afzalligi har qanday qurilish obyektiga ko‘chib borishga qodir bo‘lgan ko‘chma beton zavoddir. Materialni yetkazib berishning katta tezligi – bu har qanday qurilishdagi e’tiroz qilib bo‘lmaydigan afzallikdir.

Mobil QBUning afzalliklari

Zamonaviy g‘ildiraklardagi mobil QBU ishonchliligi, foydalanishdagi qulayligi va ixchamligi bilan farqlanib turadiki, bu qurilish joyigacha hattoki tor qishloqlararo yo‘llar bo‘yicha yetib olish imkonini beradi. Mobil beton aralashtirish qurilmasi betonni ishlab chiqarish ko‘lamlari bo‘yicha statsionar QBUlarga yeta olmaydi, ammo uning afzalligi shundaki, u, masalan, uncha katta bo‘lmagan turar-joy majmuasini qurish uchun, o‘rta va kichik korxonalarga to‘g‘ri keladi.
Mobil beton aralashtirish qurilmasi quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
• fundamentga ehtiyojning yo‘qligi, bu ish joyida asbob-uskunani o‘rnatish muddatlarini qisqartiradi;
• qurilmaning ixchamligi;
• har qanday yo‘llar bo‘yicha qurilish maydonchalarining har qanday joyiga tashish imkoniyati;
• betonni dozalashtirish, aralashtirish va yukni tushirish jarayonlarining avtomatlashtirilishi. Faqatgina bitta operator beton aralashtirishning barcha jarayonlarini boshqaradi.

Ushbu afzalliklar Sizga operativ ravishda, o‘rnatishga vaqt sarflamagan holda, QBUni sotib olishingiz zahoti, undan foydalanish imkonini yaratadi.
Qurilish texnikasi bir joyda turib qolmasligi va avtomobil yo‘llari kabi tor yuzalardagi qurilish ishlari uchun mini QBU qurilmasini yaratishgan. Ushbu uncha katta bo‘lmagan 500 l ga yaqin yuk tushirish va 10 dan 30 m³/s gacha quvvatga ega bo‘lgan g‘ildiraklardagi qorishmabeton uzelidir. Bu qurilma ish uchun zarur bo‘lgan barcha butlanishnio‘z ichiga oladi, shuning uchun betonning sifatiga shak-shubha bo‘lishi mumkin emas. Mini QBU alohida mahsuldorlik bilan ajralib turmaydi, ammo joyida yaxshilab o‘rnatishni talab etmaydi, tekis yuza bo‘lsa bas, shuning o‘zi yetarli bo‘ladi va mini qurilma ishga tayyor bo‘ladi-qoladi.
Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladigan beton aralashtirish qurilmasi tashishga ketadigan vaqtni tejash imkonini beradi va o‘zingiz bilan katta miqdordagi mutaxassislarni olib yurish zaruratini yo‘qqa chiqaradi.Bunday bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladigan qurilmani faqat bitta operator boshqarishi mumkin.G‘ildiraklardagi qorishmabeton uzeli zavoddanqurilish maydonchasigacha juda katta masofa bo‘lganda zarur bo‘ladi. Siz oson va oddiy ravishda qorishmani aralashtirasiz va ayni paytda Siz uchun zarurbo‘lgan o‘sha qurilish qismiga betonni yetkazib berasiz.O‘z-o‘zini yuklash bilan o‘ziyurar beton aralashtirish qurilmalari qurilish texnikasidagi umuman yangi yo‘nalish hisoblanadi. Bunday qurilmalar Sizga har qanday ekstremal ob-havo sharoitlaridagi borish qiyin bo‘lgan qurilish maydonchalarida sifatli betonni tayyorlashda yordam beradi.Ushbu texnika suv va elektr ta’minotini keltirish va o‘rnatish, montaj qilish ishlarini o‘tkazish uchun maxsus tayyorlab qo‘yilgan maydonchani talab etmaydi, ya’ni asbob-uskunanio‘rnatish va ekspluatatsiya qilishga sarf bo‘ladigan vaqtning tejalishi yuzaga keladi. Boz ustiga, o‘z-o‘zini yuklash bilan o‘ziyurar QBU yuk ortuvchilarning bahosini tejashga yordam beradi, ular konstruksiyalarida frontal yuk ortuvchi va beton aralashtirish uzeli funksiyalarini birgalikda olib borishadi. Qandaydir bir qo‘shimcha texnika xarid qilish zarurati yo‘q bo‘ladi, materiallar va betonni olish va yuklab jo‘natish bilan ko‘chma qurilmaning o‘zi shug‘ullanadi.
O‘z-o‘zini yuklash bilan o‘ziyurar beton aralashtirish qurilmalari hajm va narxi jihatidan yirik statsionar uzellar bilan raqobatlasha olishmaydi, ammo ularkichik va o‘rta obyektlarni qurish uchun yetarli mahsuldorlikni ta’minlagan holda mablag‘ va resurslarni tejashga yordam berishadi. Bunday QBUni Siz 1,5 mln. rublga sotib olishingiz mumkin.
O‘z korxonangiz uchun to‘g‘ri tanlovni amalga oshiring! Beton ishlab chiqarishda Sizning barcha ehtiyojlaringizni qondirish imkonini beruvchi g‘ildiraklardagi zarur mobil qorishmabeton uzelini tanlab oling. Mobil QBUning narxi 3 mln. rubldan boshlanadi. Siz bizdan shuningdek mini QBUni o‘zaro manfaatli shartlar bo‘yicha sotib olishingiz mumkin.