Toskent, O`zbekiston Respublikasi
Mirobad tumani, 38A, "Avalon" biznes markazi

Tarixi

“Janubiy-Ural Tarozi zavodi” o‘z faoliyatini metallurgiya korxonalaridan chiqqan bir necha nazorat-o‘lchov priborlari va avtomatizatsiyasi bo‘yicha mutaxassislarning tenzometrik texnika bazasida eskirgan mexanik tarozilarni zamonaviy elektron tarozilarga modernizatsiya qilish loyihasiga birinchi buyurtma olishgan payt - 1999 yildan boshlagan. Bir yillik sermahsul ishdan keyin jamoada ishlayotgan odamlarning soni yigirmaga yaqinlashdi. Faoliyatning ixtisoslashuvi metallni qayta ishlash, tarozi konstruksiyalari va uzellarini tayyorlash uchun malakali mutaxassislarni jalb etishni talab qilar edi. Shunday qilib, doimiy ishlab chiqarish bazasini yaratish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Korxonani joylashtirish joyi sifatida shahardan unchalik uzoqda bo‘lmagan, so‘lim Tirlyan posyolkasida joylashgan Beloresk metallurgiya kombinatining sobiq sexlarining maydonlari tanlab olingan edi.

Posyolkada bir qator ishlab chiqarishlar yopilganidan keyin metallni qayta ishlash bo‘yicha o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislar ishsiz qolishgan edi. Ularning eng zo‘rlari yangi tarozi zavodida ishlashga jalb etilishdi. Yangi boshlangan ishga yosh jamoaning juda katta ishtiyoqi va Tirlyan posyolkasidagi ishchi o‘rinlarining umumiy kamyobligi jadal rivojlanish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berdi. 2002 yildan boshlab korxona mintaqa, keyinchalik - Rossiya, ana endi esa xalqaro darajaga chiqmoqda. Shunga mutanosib ravishda ishlab chiqarish kengayib bormoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqdaki, bu Rossiyaning markazdan yiroq bo‘lgan joylari sharoitlarida juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

“Janubiy-Ural Tarozi zavodi” logotipida ikki suvsar ko‘rsatilganki, bu eng yaxshi tirlyan metalll prokati suvsar ko‘rinishidagi tamg‘aga ega bo‘lgan Demidov, Tverdishev, Myasnikov zavodlari, Ulug‘ Vatan urushi davridagi ishlab chiqarishlar, shuningdek eng yorqin sovet mehnat kundalik turmushi ural sifatining eng yaxshi an’analari davom etayotganligining ramzi hisoblanadi. Hozirgi kunda bir yuz yigirma kishidan ortgan “Janubiy-Ural Tarozi zavodi”ning jamoasi urallik o‘z ishining ustalari an’analarini qadrlaydi va ularni yana boyitishga harakat qiladi.

Biz nafaqat standart sanoat tarozi asbob-uskunalari – avtomobil, temiryo‘l, platformali va tarozilarning boshqa turlarini, balki metallurglar, konchilar, gaz qazib oluvchilar va neft qazib oluvchilar uchun bir qator ixtisoslashgan tarozilarni taklif etamiz. 2008 yilda zarbaga chidamli raqamli tarozilar, platformani ko‘tarish mexanizmi bo‘lgan tarozilar, kranosti yo‘lining ichiga qurilgan tarozilar, tagliklar tipidagi temiryo‘l tarozilari kabi katta talabga ega bo‘lib borayotgan tarozilarning yangi modellari sinovdan o‘tkazildi va sertifikat qilindi.

2009 yilning oxiriga borib Beloresk shahrida yangi ishlab chiqarish uchastkasi ochildi. Buyurtmalar miqdorining ortib borishi tufayli ishglab chiqarish va ofis maydonlari yanada kengaytirildi, shunga mutanosib ravishda shtatdagi xodimlarning soni ko‘paydi. Oldinda - yangi istiqbollar, ulkan rejalarning ro‘yobga chiqarilishi, yangi muvaffaqiyatlar! “Janubiy-Ural Tarozi zavodi” - yangi rossiyalik ishlab chiqarish. Rossiyanikimi – demak eng yaxshisi!