Byudjet” toifasidagi osma kran tarozilari agar Sizda, masalan, tovar aylanmasining jadalligi nisbatan yuqori bo‘lmagan kichikroq metall bazasi bo‘lgan holatda to‘g‘ri keladi. Bu o‘z kryuki va ichiga qurilgan terminali bilan ta’minlangan eng oddiy tarozilardir.Tarozilar kran-balkaga yoki ko‘tarish kranining kryukiga mahkamlanadi, yuk esa - tarozilarning kryukiga ilintiriladi. Tarozida tortish natijalari tablo ichiga qurilgan tarozi o‘zgartgichida aks ettiriladi. Tarozilarning ko‘rsatmalari qo‘l bilan qog‘ozda qayd etiladi, yoki, yana qo‘l bilan, kompyuterga joylashtiriladi. Ushbu toifadagi kran tarozilarining eng asosiy afzalligi – juda ham katta bo‘lmagan narxki, bu shunday nomlanishini to‘liq oqlaydi.